Янгиликлар
30
Xovos tuman adliya bo‘limida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Xovos tuman adliya bo‘limida tashkil etilgan matbuot anjumanida tuman adliya bo‘limining 2025 yilning I-yarim yilligida amalga oshirgan faoliyati, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, aniqlangan huquqiy muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, shuningdek, ikkinchi yarim yillikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Anjumanda o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan asosiy ishlar, statistik ko‘rsatkichlar va ustuvor yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, yuridik xizmatlar ko‘rsatish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar taqdim etildi.
Matbuot anjumanida OAV vakillari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Yakunda kelgusida amalga oshirilishi belgilangan rejalar e’lon qilindi.