Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Huquqiy mahalla: Inson qadri uchun amalga oshirilayotgan islohotlar amalda


Mamlakatimizda islohotlar shiddati tobora ortmoqda. Maqsadlar esa aniq – inson qadri uchun. Islohotlar jarayonida adliya organlari tomonidan aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etishda mutlaqo yangicha tizim asosida ish tashkil qilinmoqda.

“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar ham aynan aholiga professional huquqiy yordam ko‘rsatish va joylarda aniqlangan tizimli muammolarni hal etishga ko‘maklashish maqsadini ilgari suradi.

Sardoba tumanidagi Paxtakor mahallasi huquqiy mahalla sifatida tanlab olingan. Aholisi 6601 nafarni tashkil etgan ushbu mahallada oilalar soni 1167 ta, xonadonlar soni 857 tani tashkil qiladi.

Huquqiy mahallada “Adliya sayli” o‘tkazildi. Tadbirda so‘z olganlar jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, xalq bilan samarali muloqotni o‘rnatish, tizimli va yechimini kutayotgan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaraf etish borasidagi chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Tadbir doirasida ommaviy sayyor qabul o‘tkazilib, aholi murojaatlarini tingladi. Qabul davomida 30 dan ziyod turli mazmundagi murojaatlar qabul qilindi. Ulardan 10 tasi joyida hal etildi, 12 ta murojaat yuzasidan esa zarur huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan murojaatlar o‘rganish uchun ish yurituvga olinib, ijrosi nazoratga olindi.

Tadbirda gaz va elektr ta’minoti korxonalari vakillari ishtirok etdi. Ular aholiga energoresurslardan oqilona foydalanish, xavfsizlik choralariga rioya qilish va kelajakda mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olish borasida tushuntirishlar berishdi.

Tadbir doirasida mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi. Bu yarmarka mahalliy aholining bandligini ta’minlashga xizmat qilgan bo‘lsa, yoshlar uchun o‘tkazilgan huquqiy savodxonlik va sport tadbirlari ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qildi.

Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qoidalar haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Bir so‘z bilan aytganda, tashkil etilgan bu kabi tadbirlar aholining huquqiy savodxonligini oshirish, joylarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni tizimli hal etishda muhim bo‘lib xizmat qiladi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati