Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

YOSHLARNING MUAMMOLARI O'RGANILDI




Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi shtabi a'zolari tomonidan Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba tumanlari hamda Yangiyer shahrida adliya organlariga otaliqqa biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida yoshlar va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning muammolari, qiziqishlari va kelajak rejalari o‘rganildi. Ayniqsa, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.