Янгиликлар
01
Islomobod mahallasida sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi
Sirdaryo tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan Islomobod mahallasida navbatdagi sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Tadbir davomida fuqarolarga zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar taqdim etildi.
Sayyor xizmatdan asosiy maqsad – davlat xizmatlarini aholiga yaqinlashtirish va ularning huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat.
Shu kabi sayyor xizmatlar tumanning boshqa hududlarida ham davom ettiriladi.