Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Tadbirkorlar ishtirokida sayyor uchrashuv o‘tkazildi


Tadbirkorlik sub’ektlari muammolarini o‘rganish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish va sohaga oid yangi qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni yetkazish maqsadida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi hamkorligida sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv Guliston shahrida faoliyat yuritayotgan “Mili Teks Sirdaryo” korxonasida o‘tkazilib, unda hududdagi tadbirkorlar, sohaga mas’ul mutasaddilar hamda huquqshunoslar ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish borasida bojxona organlarining roli va mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tadbirkorlarning amaliy faoliyatida uchrayotgan huquqiy muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va huquqiy maslahatlar berildi.