Янгиликлар
13
Adliyada navbatdagi “Ma’rifat soati”: ajdodlar merosi va farzand tarbiyasiga e’tibor markazda
Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasida navbatdagi “Ma’rifat soati” o‘tkazildi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi mutaxassisi G.Ochilova hamda Guliston shahridagi 14-sonli umumta’lim maktabi psixologi Z.Ergasheva ishtirok etdi.
Tadbir “Buyuk ajdodlarga ehtirom” hamda “Bolam baxtli bo‘lsin desangiz” mavzulariga bag‘ishlandi.
“Buyuk ajdodlarga ehtirom” mavzusida so‘zga chiqqan G. Ochilova xalqimiz tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk allomalar, mutafakkirlar va davlat arboblarining boy merosi haqida atroflicha ma’lumot berdi.
“Bolam baxtli bo‘lsin desangiz” mavzusi yuzasidan psixolog Z.Ergasheva tomonidan farzand tarbiyasida zamonaviy psixologik yondashuvlar, ota-onalar va pedagoglar o‘rtasidagi hamkorlik, bolalar ruhiyati bilan ishlashning dolzarb jihatlari haqida so‘z yuritildi.
Yakunda ishtirokchilar mavzular yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.