Янгиликлар
13
Sardobada tuman Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan huquqiy yordamga muhtoj ayollar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Sardoba tuman Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarning yashash xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning huquqiy muammolari o‘rganildi.
Uchrashuvlar davomida, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun davlat tomonidan belgilangan imtiyozlar, xususan Soliq kodeksiga muvofiq soliq to‘lovlari bo‘yicha taqdim etiladigan yengilliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ayollarning huquqlarini himoya qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Fuqarolarga ularning huquqlari, imtiyozlari hamda qonuniy imkoniyatlari bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.