Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

“Ziyo ulash” loyihasi bilan kitoblar yurakdan yurakka


Mirzaobod tuman Davlat xizmatlari markazida aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ma’naviy-ma’rifiy muhitni kuchaytirish maqsadida “Ziyo ulash” nomli kitob almashish loyihasi davom etmoqda.

Loyiha doirasida markazga davlat xizmatlaridan foydalanish maqsadida tashrif buyurgan fuqarolarga turli badiiy va ma’rifiy kitoblar bepul tarqatilmoqda.

Shu bilan birga, tashrif buyurgan fuqarolar ham mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, markaz kutubxonasiga o‘zlarining shaxsiy kitoblarini ixtiyoriy ravishda taqdim etishmoqda.

Bu loyiha aholining kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, shuningdek, bilim va ma’naviyat ulashish madaniyatini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.