Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

“Korrupsiya – ijtimoiy muammo manbai”: harbiylar bilan huquqiy suhbat


Mirzaobod tumanidagi 532-son SCHR batalyonida Mirzaobod tuman Adliya bo‘limi hamda Davlat xizmatlari markazi xodimlari A. Sultanov va S. Usmonovlar tomonidan “Korrupsiya – iqtisodiyot va ijtimoiy muammolar manbaidir” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida davlatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, vakolatli davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati, shuningdek, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlik choralari haqida harbiy xizmatchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur tadbir harbiy xizmatchilarda huquqiy ong va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.