Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Tashabbuskorlik rejalari: yangi gʻoyalar va amaliy yondashuvlar taqdim etildi


Adliya boshqarmasida boshqarma boshligʻi Jahongir Zoxidov rahbarligida shu’balar tomonidan ishlab chiqilgan tashabbuskorlik rejalari taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda shu’ba boshliqlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan innovatsion loyihalar, samarali tashabbuslar hamda huquqiy targ‘ibot va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan rejalarni taqdim etdilar.

Adliya boshqarmasi boshlig‘i mazkur taqdimot faoliyat samaradorligini oshirish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifatini yanada yaxshilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, taqdim etilgan loyihalarning dolzarbligi va amaliy natijadorligiga alohida e’tibor qaratib, ularni amaliyotga tatbiq etishda tizimli yondashuv zarurligini ta’kidladi. Shu bilan birga, tashabbuslarni amalga oshirish jarayonida monitoring mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.