Янгиликлар
13
6 yillik orzular amalga oshdi - fuqarolik huquqi ta'minlandi
Mamlakatimizda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish hamda oilaviy munosabatlarni tartibga solishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Guliston shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Guliston shahar Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) bo‘limi tomonidan aholining huquqiy ongini yuksaltirish, rasmiy nikohning ahamiyati haqida keng jamoatchilikka tushuntirish ishlarini olib borish yo‘lida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday xayrli tashabbuslardan biri sifatida, bugun Guliston shahar “Yuksalish” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar Nosirov Usmonali va Yusupova Inobatlarning 6 yildan buyon faqat sha’riy nikoh asosida birga yashab kelayotgan oilaviy munosabatlarini qonuniylashtirish borasidagi masala ijobiy hal etildi.