Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Oila-ulug‘, nikoh-muqaddas, uning qonuniyligi huquq va manfaatlar kafolati bo‘ladi



Qayd etilishicha, Konstitutsiyaning 76-moddasida oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hamda u jamiyat va davlat muhofazasida ekanligi, nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanishi mustahkamlab qo‘yildi.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, so‘nggi paytlarda respublikada faqatgina diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikohlar soni va buning ortidan ko‘pxotinlik holatlari ortib bormoqda. Natijada oilalar o‘rtasida tushunmovchiliklar bo‘lib jinoyat sodir etilishi holatlari ham qayd etilmoqda.
Yangiyer shahar xokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Prokratura va IIB, Adliya bo‘limi bilan xamkorlikda shaharda sha’riy nikox asosida yashab kelayotgan oila vakillari bilan “Oila-ulug‘, nikoh-muqaddas, uning qonuniyligi huquq va manfaatlar kafolatidir!” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga nikoh belgilangan tartibda FHDY organlarida qayd etilmagani otalikni belgilash, aliment tayinlash, meros masalalariga oid turli xil muammolarni keltirib chiqarib, natijada fuqarolarda, ayniqsa ayollarda davlatning huquqiy siyosatiga nisbatan bo‘lgan ishonchi yo‘qolishiga sabab bo‘layotgani tushuntirib o‘tildi.

Hamda qonuniy nikohdan o‘tmagan fuqarolarga sha’riy nikoh o‘qigan shaxslar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi 2-qismi , 241-moddasi va 47(3)-moddasi 3-qismi asosida jarimaga tortilishi haqida ogohlantirildi.

Tadbir so‘ngida nikohlarini qonuniylashtirish istagini bildirgan 11 ta oilaning arizalari FHDY bo‘limi tomonidan qabul qilib olindi.