Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Sardobada fuqarolar murojaatlari o‘rganildi


Sardoba tumani Adliya bo‘limi hamda Adliya boshqarmasi mas’ullari tomonidan Prezidentning PF-80-son Farmoni ijrosi doirasida iyun oyida “Huquqiy mahalla” sifatida tanlab olingan “Navro‘z” mahallasida yashovchi fuqarolarning murojaatlari xonadonma-xonadon yurib o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida bir qator muammolar joyida hal etildi. Jumladan, qariyb 10 yildan buyon faqat sha’riy nikoh asosida yashab kelayotgan fuqaro Q.A. va A.G.ning nikohni rasmiylashtirishga oid murojaati ijobiy hal etildi. Ularga my.gov.uz elektron platformasi orqali nikohni qayd etish uchun ariza topshirishda amaliy yordam ko‘rsatildi va tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanmalar berildi.

Fuqaro E. A.ning 1-guruh nogironi ekani aniqlanib, o‘z nomidagi uy-joy uchun Soliq kodeksida belgilangan maydonga nisbatan mavjud imtiyozdan foydalanmayotgani ma’lum bo‘ldi. Masala joyida hal etilib, tuman soliq inspeksiyasi vakili bilan birgalikda fuqaroning murojaati qanoatlantirildi.