Янгиликлар
16
Mirzaobod tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi targ‘ibot ishlari olib borildi
Mirzaobod tumani Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida tanlab olingan “Toshkent” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, soliq qonunchiligi talablariga rioya qilish va rasmiy faoliyat yuritishning afzalliklari bo‘yicha keng qamrovli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbirkorlarga o‘z faoliyatlarini qonuniy yo‘lga qo‘yish, elektron tizimlardan foydalanish va davlat ro‘yxatidan o‘tish tartiblari haqida batafsil huquqiy ma’lumotlar berildi.
Mazkur tashrif “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida fuqarolar va tadbirkorlar huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini oshirishga, shuningdek, yashirin iqtisodiyotni kamaytirishga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlarning davomidir.