Янгиликлар
16
“Ziyo ulash” aksiyasi: Kitob – eng yaxshi sovg‘a
Shirin shahar Adliya bo‘limi tomonidan ma’rifat va kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida “Ziyo ulash” aksiyasi o‘tkazildi. Tadbir otaliqqa olingan 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining bolalar oromgohida bo‘lib o‘tdi.
Aksiya doirasida “Zukko kitobxon” tanlovi tashkil etilib, faol ishtirok etgan o‘quvchilarga badiiy, huquqiy hamda ma’naviy tarbiyaviy yo‘nalishdagi kitoblar sovg‘a qilindi.
Mazkur aksiya orqali o‘quvchilarni kitob o‘qishga rag‘batlantirish, ularning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ma’rifatli va intellektual yetuk shaxslar qilib tarbiyalash maqsad qilingan.
Zero, kitob insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi bo‘lib, kitob o‘qigan insondan yomonlik chiqmaydi.