Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Adliya xodimlari fuqarolar dardiga quloq tutdi


Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda Sirdaryo tumani adliya bo‘limi mas’ullari tomonidan “Xazina” mahallasida Prezidentning PF–80-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida fuqarolarning murojaatlari uyma-uy yurib o‘rganildi.

Tashrif davomida mahalla hududidagi har bir xonadonga kirilib, fuqarolarning mavjud muammolari, huquqiy savodxonlik darajasi, davlat xizmatlaridan foydalanishdagi to‘siqlar, ijtimoiy himoya masalalari hamda ish bilan ta’minlanish kabi yo‘nalishlarda yuzaga kelayotgan masalalar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolarga amaldagi qonunchilik, jumladan, yer munosabatlari, pensiya va nafaqa tayinlash tartibi, ijtimoiy yordam, notarial harakatlar va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.