Янгиликлар
17
Muammolarga yechim:Sirdaryoda ommaviy sayyor qabul o'tkazildi
Bugun Sirdaryo tumanida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zoxidov ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning har biri belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.
Xususan, Bahor mahallasida yashovchi Z.Davronova ishga joylashish bilan bog‘liq muammosi yuzasidan murojaat qildi. Mazkur murojaat joyida ko‘rib chiqilib, unga “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” aksiyasi doirasida zarur huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar belgilandi.
Qabul davomida 10 dan ortiq fuqaroning huquqiy, bandlik, uy-joy, yer va meros masalalari bilan bog‘liq murojaatlari tinglanib, zarur tushuntirishlar berildi, ayrim muammolar joyida hal etilib, ayrimlari ish yurituvga olindi.
Shu kuni aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi, shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar bo'yicha targ'ibot materiallari tarqatildi.