Янгиликлар
17
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida muammo bartaraf etildi
Xovos tumanida “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mustaqillik mahallasida yashovchi Elmuratovlar oilasining muammosi endi ortda qoldi. 2024-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan farzandining tug‘ilganlik haqidagi dalolatnomasidagi yozuvlarda kerakli o‘zgartirishlar kiritildi.
Xovos tumani 1-son Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi xodimlari, Samarqand shahar 4-son FHDY bo‘limi bilan hamkorlikda, yangi JSHSHIR raqamini biriktirib, fuqarolarga sayyor xizmat ko‘rsatish orqali takroriy guvohnomani rasmiylashtirib berildi