Янгиликлар
17
“Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida seminar o‘tkazildi
Guliston tumanidagi Sport maktabida “Mehnat qonunchiligi: muammo va yechimlar” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbir “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida o‘tkazildi.
Tadbir davomida xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ish beruvchi va xodimlarda qonunlarga hurmat va ularga rioya qilish ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi hamda ish beruvchi va xodimlarni qiynayotgan dolzarb huquqiy muammolar yuzasidan fikr almashilib, ularning yechimlari ko‘rib chiqildi.
Yakunda mehnat qonunchiligi hamda hayotiy dolzarb masalalar yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga adliya bo‘limi xodimlari tomonidan batafsil tushuntirish berildi.