Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

"Xodimlarning mehnat huquqlari" aksiyasi doirasida tadbir o‘tkazildi


"Xodimlarning mehnat huquqlari" huquqiy aksiyasi doirasida Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan Kutubxona markazi xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Seminar davomida mehnat huquqlari, ayniqsa ayollar mehnat huquqlari, ularning ish joyida teng huquqli sharoitlarda ishlashi, mehnat shartnomasining tuzilishi, ish vaqtining tartibi, mehnat ta'tili, onalik ta’tili va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha mavjud qonunchilik normalari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Mehnat kodeksida ayollarga berilgan alohida kafolatlar – homiladorlik davrida yengilliklar, bolali ayollar uchun belgilangan qo‘shimcha imtiyozlar, ish joyida ayollar uchun yaratilishi lozim bo‘lgan xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlari kabi jihatlar batafsil tushuntirildi.

Yakunda ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi hamda mavzuga doir targ‘ibot materiallari tarqatildi.