Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

ADLIYA MAHALLADA


Aholining huquqiy ongini oshirish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni joyida hal etishga qaratilgan tizimli ishlar doirasida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri Yangiyer shahrida o‘tkazildi.

Jumladan, boshqarma hamda adliya bo‘limi mas'ullari tomonidan Shukrona mahallasida aholisi bilan bevosita muloqot o‘rnatilib, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, amaldagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar, ijtimoiy sohadagi huquqiy kafolatlar va davlat tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir doirasida uyma-uy yurish shaklida aholining xonadoniga kirib borildi. Bu jarayonda fuqarolarning hayotiy muammolari, murojaat va takliflari o‘rganildi, ularning aksariyatiga joyida huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatildi. Aholining ayrim murojaatlari ish yurituvga olinib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.