Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Korrupsiyasiz hayot — o‘z qo‘limizda


Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish so‘nggi yillarda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib,  bu borada qonunchilikni mustahkamlashga, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan hujjatlar doirasida korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, bu borada barcha sohalarda tizimli va aniq mexanizmlarni shakllantirishni nazarda tutadi.

Ushbu farmon mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Guliston neft bazasi” MChJda o‘quv-seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida Prezident Farmonining asosiy yo‘nalishlari, unda belgilangan yangi yondashuvlar, davlat organlari va xo‘jalik subyektlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar batafsil tushuntirildi.

Seminarda adliya mas’ullari korrupsiya nafaqat iqtisodiy taraqqiyotga to‘siq, balki jamiyatdagi ishonch muhitini yemiruvchi xavfli illat ekani, balki korrupsiyaning ildizi ko‘pincha hushyorlik yetishmasligi, ichki nazoratning sustligi va shaxsiy manfaatning ustuvor qo‘yilishi natijasida yuzaga kelishini alohida ta’kidladilar.

Seminar yakunida xodimlar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar, ko‘tarilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati