Янгиликлар
19
AHILLIKDA TARG'IBOT KUNI
Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “Ahillik” mahallasi hududidagi 11-sonli umumta’lim maktabida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi bilan hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Tadbirda mahalla aholisi, Sirdaryo yuridik texnikumi hamda 11-son maktabning bitiruvchilari ishtirok etdilar. Tadbir davomida ishtirokchilarga mehnat qonunchiligi, PQ-1-sonli qaror hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, “Street law” loyihasi doirasida fuqarolar va yoshlar o‘rtasida mehnat huquqlari bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida mahalla aholisi orasida mavjud huquqiy muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.