Янгиликлар
19
YOSHLAR OILAGA TAYYORLANMOQDA
Boyovut tumanida joylashgan Oila va xotin-qizlar bo‘limi qoshida faoliyat yurituvchi "Yoshlarni hayotga tayyorlash" markazida navbatdagi o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur kurs "Mening oilam jamiyatni bir bo‘g‘ini bo‘ladi" mavzusida tashkil etilib, nikohlanuvchi yoshlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda 14 nafar juft kelin-kuyovlar jalb qilindi. Kurs davomida ishtirokchilar oilaviy hayotga tayyorlash, oila qadriyatlari, nikohning huquqiy va ma’naviy asoslari, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, yosh oilalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni hal etish yo‘llari haqida keng qamrovli bilimlarga ega bo‘ldilar.
O‘quv mashg‘ulotlarini Boyovut tumani FHDY bo'limi boshlig‘i D. Hakimova, psixolog N. Sherko‘ziyeva olib bordi. Darslar interaktiv tarzda tashkil etilib, yoshlar amaliy mashg‘ulotlar va bahs-munozaralarda faol ishtirok etdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.