Янгиликлар
19
Sirdaryo viloyatida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish ishlarini yanada jadallashtirish choralari ko‘rilmoqda
Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 16-19-iyun kunlari Sirdaryo viloyatida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida Xovos tumani, Yangiyer va Guliston shahar hokimliklarida Qonun ijrosi yuzasidan yo‘l qo‘yilgan 300 ga yaqin muddat buzilish holatlari bartaraf etilib, mas’ul xodimlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, adliya boshqarmasi tomonidan 19 ta ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ijobiy xulosalar berilib, huquqlarni e’tirof etish masalasini tasdiqlash uchun xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritildi.
Shu bilan birga, Qonun bilan adliya organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan tuman (shahar) adliya bo‘limlari uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, kelgusi vazifalar, shuningdek, Qonun ijrosini ta’minlashda e’tibor qaratiladigan muhim masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati