Янгиликлар
20
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida navbatdagi “Ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusi muhokama markazida bo‘ldi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, mazkur sohadagi qonunchilikdagi yangiliklar haqida xodimlarga batafsil ma’lumot berildi. Ma’rifiy soatni yanada ta’sirchan va samarali o‘tkazish, shuningdek xodimlarning huquqiy bilim va savodxonligini oshirish maqsadida tematik videoroliklar ham namoyish etildi.
Shu bilan birga, boshqarma xodimlari “Siyosiy ma’rifat soati” doirasida tayyorlangan videorolikni tomosha qilib, bugungi kunning dolzarb va muhim mavzulari bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzuga oid fikr-mulohazalar bildirilib, korrupsiyaga qarshi kurashda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati va faolligi muhim ekani ta’kidlandi.