Янгиликлар
20
Xodimlarning mehnat huquqlari himoya qilinadi
Xodimlar o‘z mehnat huquqlarini qanchalik yaxshi biladi? Ular mehnat shartnomasi, ish haqi, ta’til va ishdan bo‘shatish tartibi bo‘yicha amaldagi qonunchilikdan xabardormi?
Aynan shu kabi muhim savollarga javob topish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida “Xodimlarning mehnat huquqlari” mavzusida viloyat bo‘ylab huquqiy aksiya boshlab yuborildi. Ushbu tashabbus doirasida Mirzaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda mehnat munosabatlariga oid asosiy qonun hujjatlari hamda boshqa normativ hujjatlar bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.
Seminar davomida ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mavjud tizimli muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Yakunda ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.