Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida amaliy yordam ko‘rsatildi


Sardoba tuman FHDY bo‘limi tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Q. To‘xtasinovaning murojaati ko‘rib chiqildi.

Murojaatda fuqaroning farzandiga tegishli tug‘ilganlik guvohnomasi yo‘qolganligi, bu esa kundalik hayotda turli muammolarni yuzaga keltirayotgani bildirildi.

Holat o‘rganilib, zarur hujjatlar yig‘ildi va FHDY bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik guvohnomasi belgilangan tartibda takroriy ravishda rasmiylashtirib berildi.