Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

“Ziyo ulash” loyihasi doirasida kitoblar sayohatda


Adliya vazirligi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Ziyo ulash” loyihasi davom etmoqda.

Ushbu loyihaning navbatdagi manzili — Sirdaryo tuman davlat xizmatlari markazi. Bu yerda tashkil etilgan kutubxona burchagi markazga keluvchilar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Fuqarolar navbat kutish vaqtida mutolaa qilishni odatga aylantirishgan, hatto o‘zlari bilan kitob olib ketish imkoniyatidan ham foydalanishmoqda. Yana bir ijobiy jihat — kitobxonlar o‘zlari o‘qib chiqqan kitoblarni boshqalarga ulashish maqsadida kutubxonada qoldirishmoqda.

Markaz kutubxonasi faoliyati boshlangan ilk kunda O‘zbekiston bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish federatsiyasi bosh murabbiyi, oliy toifali sport murabbiyi Lochin Husanov kitob sovg‘a qilgan edi. Bugun esa u markazga navbatdagi tashrifi davomida yana bir nechta kitoblar tuhfa etdi.