Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

“Xodimlarning mehnat huquqlari” aksiyasi doirasida Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.


Tadbirda mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish tartibi, xodimning ish vaqti, dam olish va ta’til huquqlari, mehnatni muhofaza qilish, xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, ayollar va voyaga yetmaganlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish, ish haqi va uning o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash kabi masalalar, mehnat qonunchiligida belgilangan normalar asosida sharhlanib, ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida mehnat nizolarining oldini olish, xodimning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning o‘rinli savollariga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha va asosli javoblar berildi. Uchashuv barcha qatnashchilar uchun amaliy va foydali bo‘ldi.