Янгиликлар
30
"MA'RIFAT SOATI" O'TKAZILDI
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “Yoshlarni vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat ruhida tarbiyalash” mavzusida navbatdagi “Ma’rifat soati” o‘tkazildi.
Unda Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik Kengashi Sirdaryo viloyati bo‘linmasi mutaxassisi Odil Muhammadjonov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, vatanparvarlik–yuksak axloqiy tamoyil. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni, avvalo oiladan boshlamoq kerak.
Tadbirda yoshlar qalbida vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘usini singdirib borishda ta’lim va tarbiyaning ahamiyati, harbiy kasbning sharafi va masʼuliyatli haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.