Янгиликлар
30
Mehnat ta’tili bo‘yicha qonunchilikdagi me’yorlar tushuntirildi
Oqoltin tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan umumta’lim maktablarining kadrlar bo'yicha menejerlari ishtirokida "Mehnat qonunchiligida belgilangan ta'tillar va ularni rasmiylashtirishning o'ziga xos xususiyatlari" mavzusida navbatdagi seminar o'tkazildi.
Unda har yilgi mehnat ta'tili va uni rasmiylashtirish, ta'tildagi xodimga o'rtacha oylik ish haqi to'lash, qonunchilikda ayrim toifadagi xodimlar uchun belgilangan uzaytirilgan ta'tillar berish tartiblari batafsil tushuntirildi.
Ma’lumki, xodimlarga onalik, bolalarni parvarishlash, ta’lim olish kabi ijtimoiy maqsadlarda ta’tillar ham beriladi.
Muloqot davomida ijtimoiy ta'tillardan foydalanishning o'ziga xos jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.