Янгиликлар
30
PAXTAKORDA ADLIYA KUNI
Boyovut tumanidagi Paxtakor mahallasida “Adliya kuni” o‘tkazildi.
Unda adliya, davlat xizmatlari markazi, FHDY, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari hamda mahalla yettiligi ishtirok etib, aholi muammolarini o‘rganishdi.
Tadbirda qonunchilikdagi yangiliklar, kommunal soha, mehnat va mulkiy huquqlarga oid hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, “Mening mahallamda jinoyatchilik bo‘lmaydi” dasturi ijrosi yuzasidan fuqarolarning firibgarlik, kisavurlik va boshqa jinoyatlar qo‘rboni bo‘lishining oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari olib borilib, targ‘ibot materiallari tartaqatildi.
Tadbir davomida sayyor qabul o‘tkazilib, aholi murojaatlari tinglandi. Jarayonda o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar elektron platformaga kiritilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shu kuni aholiga sayyror davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.