Янгиликлар
31
Tajriba almashinuvi va kasbiy rivojlanish yo‘lida
FHDY bo‘limi mudiralari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, ularning kasbiy salohiyatini oshirish hamda amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar adliya organlari tizimida faoliyat yuritayotgan FHDY bo‘limi rahbarlarining kasbiy bilim va malakasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, unda qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar, hujjatlarni rasmiylashtirish tartib-qoidalari, elektron axborot tizimlaridan samarali foydalanish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalar asosida sohani yanada takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, fuqarolarga qulaylik yaratish yo‘nalishida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, seminar doirasida tajribali mutaxassislar tomonidan ma'ruzalar o‘qildi, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashildi.
Bu kabi tadbirlar FHDY tizimida yagona amaliy yondashuvni shakllantirish, xizmat sifatini yaxshilash va xodimlar o‘rtasidagi kasbiy hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati