Янгиликлар
31
Mehrga to‘la bir kun birga nishonlandi
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Oila kuni” tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir boshqarmaning xodimlari hamda ularning oila a’zolarini bir joyga jamlab, oila qadriyatlarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va farzandlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratildi.
Tadbir davomida bolalar uchun turli qiziqarli o‘yinlar, viktorinalar, shuningdek, ota-onalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy dasturlar tashkil qilindi. Oila a’zolari o‘z iste’dodlarini namoyish qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Oila kuni” nafaqat bolalar uchun quvonch manbai, balki ota-onalar uchun ham o‘zaro yaqinlikni kuchaytiruvchi tadbir sifatida ahamiyatli bo‘ldi.