Янгиликлар
02
Uyma-uy yurib, fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganilmoqda
Fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan joylarda uyma-uy yurish asosida aholi bilan muloqot qilinmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida fuqarolarning kundalik hayotida duch kelayotgan huquqiy muammolari tinglanmoqda, ularning yechimiga oid maslahatlar berilmoqda hamda ayrim holatlarda joyida huquqiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
“Yangi qishloq” mahallasida o‘tkazilgan tadbir davomida aliment undirish, mulk huquqi, nikoh va ajrim, meros masalalari, subsidiya, ijtimoiy nafaqa olish tartibi kabi dolzarb mavzularda murojaatlar uchrayotgani kuzatildi. Har bir murojaat bo‘yicha alohida tartibda huquqiy izohlar berilib, ayrim muammoli masalalar “Online mahalla” platformasiga kiritildi.