Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Xovosliklar uchun qulaylik: davlat xizmatlari ularning yonida


Xovos tumanidagi “Qahramon” mahallasida aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida navbatdagi sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi.

Ushbu tadbir olis hudud aholisini zaruriy hujjatlar va xizmatlar bilan ta’minlashga qaratildi.

Shu kuni fuqarolarga bir qator xizmatlar ko‘rsatildi. Jumladan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish, kadastr hujjatlarini tayyorlash, nikohni rasmiylashtirish, nafaqa va ijtimoiy yordam masalalari bo‘yicha maslahatlar berish kabi xizmatlar aholi yashash joyida amalga oshirildi.

Aholi vakillari bu kabi tashabbuslarni iliq kutib olib, tezkor va sifatli xizmatlar uchun minnatdorchilik bildirishdi.