Янгиликлар
02
Ichki ishlar bo‘limida mehnat qonunchiligi bo‘yicha seminar tashkil etildi
Guliston tumani Ichki ishlar bo‘limida “Mehnat qonunchiligida belgilangan huquq va majburiyatlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman adliya va Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi mas’ullari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan asosiy huquq va majburiyatlar, xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarining qonuniy asoslari, mehnat shartnomalari tuzish tartibi, ish vaqti, dam olish, ta’til huquqlari, intizomiy javobgarlik kabi masalalar yuzasidan keng ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbirda “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Prezident qarori mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.