Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Yosh kelin-kuyovlar uchun amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi


Boyovut tumanida yosh oilalarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish hamda bo‘lajak kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida navbatdagi amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Tadbir tuman FHDY bo‘limi hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda yangi turmush qurayotgan yoshlar ishtirok etib, ular uchun oilaviy hayotga oid muhim mavzular — o‘zaro hurmat, mas’uliyat, sabr-toqat, nizolarni hal etish yo‘llari, moliyaviy rejalashtirish kabi jihatlar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, FHDY bo‘limi vakillari tomonidan nikohdan oldingi tibbiy ko‘riklarning ahamiyati, huquqiy javobgarlik va qonunchilikdagi asosiy normalar haqida tushuntirishlar berildi.

Tadbir ishtirokchilari bu kabi mashg‘ulotlar ularning kelgusidagi oilaviy hayotida muhim yo‘riqnoma bo‘lishini ta’kidlashdi.