Янгиликлар
02
Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasida elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi
Sirdaryo tuman adliya bo‘limi va hamkor tashkilotlar vakillari tomonidan tibbiyot birlashmasida elektr energiyasini tejash, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, jumladan, quyosh panellaridan foydalanishning afzalliklari yuzasidan targ‘ibot- ishlari olib borildi.
Tadbir davomida quyosh panellaridan foydalanish natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni muqobil manbalar hisobiga qoplash, energiya xarajatlarini kamaytirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga hissa qo‘shish mumkinligi ta’kidlandi.
Shuningdek, yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari va bunday harakatlar uchun belgilangan huquqiy javobgarlik, amaldagi qonunchilik normalari, jarimalar va boshqa huquqiy oqibatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.