Янгиликлар
02
Guliston tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganilmoqda
Guliston tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli Farmoni hamda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosi doirasida biriktirilgan oilalar bilan tizimli ishlash davom ettirilmoqda.
Mazkur jarayonda adliya xodimlari tomonidan uyma-uy yurish orqali fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganilmoqda. Shu bilan birga, ularning ijtimoiy holati, ehtiyojlari, yuridik yordamga bo‘lgan talablari aniqlanib, amaliy ko‘mak berilmoqda.
Tashriflar davomida fuqarolarga ularning huquq va majburiyatlari, mavjud imtiyoz va imkoniyatlar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shu orqali kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta'minlash hamda farovonlik darajasini oshirishga qaratilgan davlat siyosatining amaliy ijrosini ta'minlash maqsad qilingan.