Янгиликлар
03
"Huquqiy mahalla" doirasida fuqarolar muammolari o‘rganiladi
Sardoba tuman Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan iyun oyida "Huquqiy mahalla" tashabbusi doirasida tanlab olingan "Navro‘z" mahallasida faol ishlar olib borilmoqda.
Tashabbus doirasida mahalla mas’ullari bilan uchrashuv tashkil etilib, aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolari o‘rganildi.
Uchrashuvda mazkur oy davomida har bir xonadonda individual suhbatlar o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari qonunchilik asosida tahlil qilinishi va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq choralar belgilanishi rejalashtirib olindi.
Ushbu sa’y-harakatlar mahallada huquqiy ong va madaniyatni oshirishga hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.