Янгиликлар
03
Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan sayyor huquqiy xizmat tashkil etildi
Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori – “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda PF-80-sonli Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Tadbir A.Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilib, jarayonda fuqarolarning mavjud huquqiy muammolari o‘rganildi va ularni hal etish yuzasidan tegishli tushuntirish va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Mazkur tadbir mahallalarda huquqiy madaniyatni oshirish, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatish hamda ularning murojaatlarini tezkor hal etishga qaratilganganligi bilan ahamiyatli.