Янгиликлар
03
Yangi hayotga ilk hujjat
Sirdaryo tuman 2-son FHDY bo‘limi mas’ullari tomonidan e’tibor namunasi sifatida yana bir ezgu tashabbus amalga oshirildi.
Midanovlar oilasining murojaatiga asosan, oilaning yangi a’zosi – Sumayyaxonning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi Baxt shahar Tug‘ruq kompleksida tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu tadbir orqali nafaqat qonuniy hujjat rasmiylashtirildi, balki oila hayotidagi quvonchli daqiqalar yodda qolarli tarzda nishonlandi.