Янгиликлар
04
Oylik, pensiya, stipendiya va nafaqalar oshiriladi
“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni PF-91-son, 02.06.2025-y) qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-iyuldan pensiya va nafaqalar hamda kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to'lovlari 10 foizga oshiriladi.
Bunda:
yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 so'm;
nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 so'm;
kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
3 yoshgacha bo'lgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 so'm, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bitta farzandi uchun – 275 000 so'm;
oilaning ikkinchi farzandi uchun qo'shimcha – 165 000 so'm;
oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo'shimcha – 110 000 so'm;
kam ta'minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 so'm etib belgilandi.
2025-yil 1-avgustdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.
2025-yil 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 000 so'm etib belgilandi.
2025-yil 1-avgustdan:
mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so'm;
bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so'm etib belgilandi.