Янгиликлар
04
Adliya xodimlari futbol maydonida: sport va do‘stlik uyg‘unligi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda sportni ommalashtirish maqsadida navbatdagi sport tadbiri — futbol musobaqasi tashkil etildi.
Adliya organlari xodimlari yashil maydonda jamoaviy bahs olib borib, o‘zlarining chaqqonligi, jipsligi va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Bellashuv do‘stona muhitda o‘tib, jismoniy faollik bilan birga, kasbiy birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Bu kabi tadbirlar xodimlar o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini shakllantirish bilan birga, jamoaviylik va do‘stlik ruhini kuchaytiradi.