Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi orqali ko‘plab yurtdoshlarimizning muammolari hal etilmoqda


Sardoba tuman FHDY bo‘limi ham bu borada faol ishtirok etib, aholiga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatmoqda.

Fuqaro Sh.Mamirovning nikoh guvohnomasi yo‘qolib qolgan. Bu esa ko‘plab hayotiy masalalar va qonuniy jarayonlarda to‘siq bo‘lib kelayotgan edi.

FHDY xodimlari mazkur murojaatni befarq qoldirmadi. Zarur hujjatlar yig‘ilib, qonunchilikda belgilangan tartibda Sh.Mamirovga nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma takroran rasmiylashtirib berildi.

Ha, “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi bugun minglab fuqarolar taqdiriga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan amaliy harakatga aylandi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.