Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

“Do‘stlik” mahallasida “Huquqiy targ‘ibot kuni” va sayyor qabul tadbiri o‘tkazildi


Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan “Do‘stlik” mahallasida “Huquqiy targ‘ibot kuni” hamda sayyor qabul tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda adliya bo‘limi xodimlari bilan bir qatorda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ham ishtirok etib, fuqarolarning huquqiy savollariga javob berishdi, ularning murojaatlari qonunchilik doirasida ko‘rib chiqildi va tegishli huquqiy maslahatlar hamda amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, yangi qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Sayyor davlat xizmatlari doirasida elektron raqamli imzo olish, bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish kabi xizmatlar ko‘rsatildi.