Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Sirdaryo tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan Paxtakor mahallasida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi


Joylarda aholiga davlat xizmatlarini yanada yaqinlashtirish, ularning ortiqcha vaqt va xarajat sarflashining oldini olish maqsadida Sirdaryo tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan Paxtakor mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor xizmatlar tashkil etildi.

Tadbir doirasida aholiga 20 dan ortiq turdagi davlat xizmatlari, jumladan, mulkka oid hujjatlarni rasmiylashtirish va turli shakldagi ma’lumotnomalarni olish hamda boshqa xizmatlar tezkor ravishda ko‘rsatildi.

Shu kabi sayyor xizmatlar kelgusida tumanning boshqa hududlarida davom ettirilishi rejalashtirilgan.