Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Mirzaobod tumanida tadbirkorlar va fermerlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi


Mirzaobod tumani adliya bo‘limi tomonidan Yangiobod kolleji binosida tadbirkorlar, fermerlar va dehqon xo‘jaliklari vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning kundalik faoliyatida uchrayotgan huquqiy muammolari o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, firibgarlik holatlarini oldini olish maqsadida "Kredit tarixini o‘chirish" xizmatining davlat xizmatlari ro‘yxatiga kiritilmaganligi, My.gov.uz portali imkoniyatlari, elektron raqamli imzodan foydalanish tartibi va uning noqonuniy qo‘llanilishi oqibatlari mavzularda ma’lumotlar yetkazildi.

Tadbir doirasida mas’ul xodimlar tomonidan tadbirkorlar uchun sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi.